Goal24.uz » Foto lavhalar » Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Kamp Nou"

Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Kamp Nou"

Автор: admin

Eslatib o'tamiz, kecha saytimizning rasmiy telegram kanalida 5ta stadion o'rtasida so'rovnoma o'tkazgan edik va unda "Kamp Nou" g'olib chiqqan edi.

"Kamp Nou" - Ispaniya
Klub: "Barselona"
Ochilgan yili: 1957 yil 24 sentyabr
Qurilish narxi: 288 million Pts (1957 yil) 
Arxitektor: Xosep Soteras, Lorenso Garsiya-Barbon 
Sig'imi: 99 354
Stadion haqida faktlar:
- Evropadagi eng katta stadion.
- "Kamp Nou" "Barselona", Ispaniya terma jamoasi va Kataloniya terma jamoasining uy stadioni hisoblanadi.
- Stadion prezidentlik kursisida Fransesk Miro-Sans bo'lgan paytda qurilgan. U "Kamp Nou"ni eski stadion bo'lmish "Camp de Les Corts"ning kichikligi va asosiy raqib "Real"ning "Estadio Chamartin" (hozir "Santyago Bernabeu" nomi bilan mashhur stadion)ni qurdirgani bois yaratgan.
- Stadionga 1985 yildagi o'yinga 120 000 tomoshabin (rekord) tashrif buyurgan.
- 1898 yilda sport muxlisi Gans Gamper Barselonaga ishlashga keladi. Gamper 1899 yilda shahardagi futbol klubini tuzish uchun o'yinchilarni qidiradi va Los Deportes jurnaliga elon beradi. Oxir-oqibat, u va turli-xil davlatlardan kelgan 11 yigit Barselonada futbol klubi tuzishadi. Uning maqsadi turli xil millat vakillarini birlashtiradigan va klub azolarining o'zlari tomonidan boshqariladigan klub yaratish edi. Kataloniyaliklar mehmondo'stligi va do'stona munosabatiga minnatdorchilik bildirish maqsadida u jamoaning shiorini "Mes que un club" yoki "Klubdan ham ko'proq" deya nomlaydi. Hozirgi kundagi klub ham o'ziga xos qadriyatlarni namoyish etadi: kataloniyaliklarga xoslik, demokratiya va universallik.
- "Kamp Nou"dagi ilk o'yin "Barselona" va "Legiya" (Polsha) jamoalari o'rtasidagi do'stlik o'yini bo'ldi. Uchrashuv 4:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo'ldi va "Barselona" futbolchisi Euloxio Martines yangi stadion tarixidagi ilk golni urdi.

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames"  
→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild" 

















































Siz yana qaysi stadionlarning ajoyib suratlarini toshosha qilishni istaysiz, izohlarda yozib qoldiring! 

225   
Добавить комментарий
Ваше имя: *