Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Pep Gvardiola o‘ziga yangi assistent tanladi. U Yoxan Kroyfning shogirdi

Pep Gvardiola o‘ziga yangi assistent tanladi. U Yoxan Kroyfning shogirdi

Автор: admin

Marca nashrining xabar qilishicha, Gvardiolaning yangi assistenti ispaniyalik Xuanma Lilyo bo‘ladi. Pep uni o‘zining ustozi deb biladi va “maestro” deb ataydi.
Lilyo 1980-yillardan buyon murabbiylik qilib keladi. 30 yoshida “Salamanka” ustoziga aylangan mutaxassis, La Liga tarixidagi eng yosh murabbiylar sirasiga kiradi. U Yoxan Kroyfning shogirdi hisoblanadi va ish uslubi Gvardiolaniki bilan o‘xshash.
Hozirda 54 yoshli mutaxassis Xitoyning “Sindao Xaynyu” jamoasida faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada klubni tark etadi. Avvalroq u Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida Andres Inyesta, David Vilya va Lukash Podolski kabi futbolchilar bilan birga ishlagandi.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *