Goal24.uz » Ўзбекистон » Rossiya Premer-ligasining qolgan barcha o‘yinlari bepul namoyish etiladi

Rossiya Premer-ligasining qolgan barcha o‘yinlari bepul namoyish etiladi

Автор: admin

Rossiya Premer-ligasining qolgan barcha o‘yinlari TV orqali bepul namoyish etiladi, deya xabar bermoqda Championat.com sayti.
«O‘yinlar davom ettirilgach, mavsum so‘nggiga qadar barcha uchrashuvlar «Match» xoldingi tarkibidagi telekanallar orqali bepul namoyish etiladi. Bungacha «Match TV» orqali faqatgina turning 1-2ta bahsi ochiq kanalda translyatsiya qilinar, qolgan o‘yinlar esa pulli kanallar orqali namoyish etilardi», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, RPL uch oylik tanaffusdan keyin 19 iyun kuni «Krilya Sovetov» - «Axmat» va «Rostov» - «Sochi» uchrashuvlari bilan davom ettiriladi. 
Klublar stadion sig‘imidan kelib chiqqan holda uchrashuvga o‘yingohning faqatgina 10 foiz qismini tomoshabinlar bilan to‘ldirishlariga ruxsat berilgan. Muxlislar masofani saqlagan holda o‘tirishlari talab etiladi. Bu boradagi yakuniy qaror hududlarning mahalliy hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.


145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *