Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » De Ligt: «Yuventus»dagi eng kuchli jamoadoshim? Ronaldu emas»

De Ligt: «Yuventus»dagi eng kuchli jamoadoshim? Ronaldu emas»

Автор: admin

«Yuventus» himoyachisi Matteys De Ligt o‘zining Turindagi ilk mavsumi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Eng kuchli jamoadoshim? Butun jamoaning saviyasi yuqori. Men Ronalduni aytmayman. Chunki uning kimligini va nimalarga qodirligini barcha biladi. Menda Dibala va Bentankur juda yaxshi taassurot qoldirdi. Ularning har ikkisi ajoyib texnika sohibi. Nazarimda, Rodrigoga yetarli baho berilmayapti. Uning kelajagi porloq.

Sarri — taktik murabbiy. U juda e’tiborli. U futbol borasida aniq tasavvurga ega. U hujumlar orqadan boshlanishini istaydi, u texnik futbol o‘ynashni xohlaydi. Men bunga «Ayaks»dagi faoliyatimda ko‘nikkandim. Hattoki, Sarri gollandcha futbol o‘ynaydi deyish mumkin. Lekin unda italyancha ruhiyat kuchli. U gollandcha "total futbol"ning italyancha versiyasini qurmoqda, desak bo‘ladi», — dedi De Ligt "Tuttosport"ga bergan intervyusida.
Manba: sport24.ru

110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *