Goal24.uz » Европа жамоалари » Ronaldu hashamatli villa sotib oldi. Uning qo‘shnisi – Konor Makgregor

Ronaldu hashamatli villa sotib oldi. Uning qo‘shnisi – Konor Makgregor

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Marbeledagi hashamatli villasi suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashrida chiqqan xabarda suratlar ham ilova qilingan.
Nashrning ma’lum qilishicha, O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘idagi bu ko‘chmas mulk shahar yaqinidagi golf-klub yonida joylashgan. Villani futbolchi 1,5 million yevroga xarid qilgan. Unda to‘rtta yotoqxona, trenajyor zali, uy kinoteatri va peyzajli basseyn bor. Ronalduning qo‘shnilaridan biri UFC jangchisi irlandiyalik Konor Makgregor.
5 iyunda Forbes jurnali Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida birinchi bo‘lib milliard dollar ishlab topganini e’lon qilgandi. Hujumchi o‘zining 17 yillik faoliyati davomida maosh sifatida 650 million dollar olgan, qolgan mablag‘larni esa homiylik va reklama shartnomalaridan ishlagan.
Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. U besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi. Angliya, Ispaniya va Italiya chempioni. Portugaliya milliy jamoasi safida 2016 yil Yevropa chempionatida, 2018 yil Millatlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.



152   
Добавить комментарий
Ваше имя: *