Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Kumbula top jamoada?
 
Italiyaning “Verona” klubi himoyachisi Marash Kumbula katta ehtimol bilan yozda top jamoalardan biriga o‘tadi.
20 yoshli himoyachi uchun kurashga “Inter” va “Yuventus” jamoalari qo‘shilgan.
Hozir albaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar nomi ma’lum emas, biroq “Verona” uni 35 millionga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bilan o‘tgan mavsumda APLning bir nechta klubi aloqaga chiqqan, biroq “Verona” uni sotib yuborishni istamgan edi.
Hakimi nima qilmoqchi?
 
Ayni damda ijara asosida Dortmund klubi sharafini himoya qilayotgan Ashraf Hakimi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
Unga ko‘ra, futbolchi mavsum yakunlangach Madridga qaytishni rejalashtirmoqda.
Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, uning Bundesligadagi ishonchli o‘yinlari sababli “Real” Hakimiga qo‘ng‘iroq qilgan va klub unga ishonch bildirishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hakimi bilan “Inter” jamoasi qiziqayotgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.
“Norvich” futbolchisi trendda
 
Angliyaning “Norvich” klubi futbolchisi – Maks Aarons yozda APL grandlaridan biri tomonidan sotib olinishi kutilmoqda.
“Arsenal” 20 yoshli loteriyal bilan shartnoma imzolash uchun 30 million yevrodan voz kechishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham APLdan tushib ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan klubda qolishni istamayapti. Bundan tashqari, Aarons bilan “Chelsi”, “Lester” va “Tottenhem” klublari ham jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, transfermarker portali iqtidorli futbolchini 18 million yevroga baholamoqda.
Grilish “qizil iblis”?
 
“Aston Vila” jamoasi sardori Jek Grilish o‘zining xurmacha qiliqlari bilan omma oldida uyatli ahvolda qolganiga qaramay, yozda “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” Kay Havers bilan omadsiz kechgan muzokaralardan so‘ng, bor e’tiborini Grilishning transferiga qaratishga qaror qilgan.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, “Aston Vila” o‘z futbolchisini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Silva APLda?!
 
Parijning PSJ klubi himoyachisi Tiago Silva yozda APL klublaridan birining formasini kiyishi mumkin.
Bu haqida “Le10sport” nashri ma’lumot tarqatgan. Tajribali braziliyalik futbolchi bilan “Everton” klubi aloqaga chiqqan va unga katta maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, yozda Tiago Silvaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.

232   
Добавить комментарий
Ваше имя: *