Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Yurgen Klopp “Liverpul” nima uchun Timo Verner va Kay Haverts uchun kurashdan chiqqanligini ma’lum qildi

Yurgen Klopp “Liverpul” nima uchun Timo Verner va Kay Haverts uchun kurashdan chiqqanligini ma’lum qildi

Автор: admin

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts va “Leypsig” hujumchisi Timo Vernerning ehtimoliy transferi borasida fikr bildirdi.
“Bu sayyorada yaxshi o‘yinchilar yetishmaydi. Timo Verner — kuchli futbolchi, Kay Haverts — kuchli o‘yinchi.
Imkoniyatlar, mos vaqt — hammasi to‘g‘ri kelishi kerak. Olti, yetti hafta avval biz joriy mavsumda o‘ynay olish yoki olmasligimizni bilmasdik. Agar mavsumning ikkinchi qismini o‘ynab qo‘ya olmaganimizda, u holda bizda boshqa savol tug‘ilardi: “Yaxshi, biz shu bilan qachon o‘ynay olamiz?”. Endi hammasi o‘z joyiga qaytmoqda.
Biz o‘zimizni xuddi barchasi avvalgi holatga qaytayotgandek tutmoqdamiz, biroq bu unday emas. O‘ynash uchun kichik ‘lazeyka’dan foydalanyapmiz. Qolganini vaziyat sodir bo‘lgandan keyin ko‘ramiz. Hozir kelajakda barchasi juda yaxshi bo‘ladi, deb chamalash mumkin emas.
Hozirda barcha klublar pul yo‘qotmoqda. Biz chiptalar uchun to‘langan pullarni qaytarishimiz kerak, balki, kelasi mavsum ham ularni sota olmasmiz. Hech bo‘lmaganda dastlabki 10—15 ta o‘yinda. VIP-hududlar bo‘shab yotadi, chiptalar sotilmaydi. Bu boshqa hamkorlarga ta’sir qiladi va hammasi o‘zgaradi.
Agar futbolchilar bilan maoshlarning qisqartirilishini muhokama qilib, bir vaqtning o‘zida 50—60 million funtlik futbolchilarni sotib oladigan bo‘lsak, bunga tushuntirish berish kerak bo‘ladi”, — deydi Klopp.
Avvalroq “Liverpul” Timo Vernerni qo‘lga kiritish fikridan qaytganligi va nemis futbolchisi “Chelsi”ga yo‘l olishga yaqin ekani xabar qilingandi.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *