Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » De Ligt “Yuventus”dan ketadi...mi?

De Ligt “Yuventus”dan ketadi...mi?

Автор: admin

“SHubhasiz, men  “Yuve”da baxtliman. Etibor qilsam, so'nggi vaqtlarda – pandemiya bois biz to'p tepolmay turgan vaqtimizda kimdir men haqimda bazi gap so'zlarni to'qib chiqaribdi. Menga bor vujudi bilan mashg'ulotlarda ter to'kayotgan futbolchilar bilan ishlash yoqadi. Kundan kunga holatim yaxshilanib borayotganiga ishonchim komil. SHu sabab “Yuventus”da baxtliman.
Mashg'ulotlar haqida gapiradigan bo'lsam, ayni paytda vaziyat ancha yumshagan. Dastlab biz kichik guruhlarda mashg'ulot o'kazib, bir birimizga tegib ketmasligimiz lozim edi. So'nggi vaqtlarda barcha birgalikda mashg'ulot o'tkazmoqda”, deya Ligtning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tuttosport.
De Ligt 2019 yilda “Ayaks”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda futbolchi A seriyada 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *