Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Ronald Kuman: “Barselona”ni boshqarishni orzu qilishimni hamma biladi”

Ronald Kuman: “Barselona”ni boshqarishni orzu qilishimni hamma biladi”

Автор: admin

“Ayni paytda terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman. Ammo kelajakda nimalar bo'lishini hech birimiz bilmaymiz. SHartnomamda Evropa chempionatidan keyin termani tark etishim mumkinligi qayd etilgan. Ammo hozir buni o'ylashni mavridi emas. “Barselona”ni boshqarish niyatim borligini barcha yaxshi biladi. O'ylaymanki, menga bu niyatimni amalga oshirish nasib etadi. Ammo doimgidek, barchasi jamoa bilan nechog'lik omadli ishlash va murabbiylik xislatlarini namoyish etishga bog'liq. “Barselona”dek jamoani boshqarish uchun katta tajriba kerak bo'ladi”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Kumanning Niderlandiya Qirolligi futbol uyushmasi bilan shartnomasiga ko'ra, Evro-2020 bahslaridan keyin agar unga “Barselona”dan taklif tushsa, u terma jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi band mavjudligi o'tgan yilning kuzida malum bo'lgandi.
Kuman futbolchilik faoliyati davrida 1989-1995 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *