Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » «Leypsig» direktori: «Chelsi» Verner transferi bo‘yicha bizga murojaat qilgani yo‘q»

«Leypsig» direktori: «Chelsi» Verner transferi bo‘yicha bizga murojaat qilgani yo‘q»

Автор: admin

«Leypsig» klubi direktori Oliver Mintslaff Timo Vernerning 60 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Biz uchun asosiysi Verner bilan shartnomani uzaytirish edi va buni o‘tgan yil amalga oshirgandik. Tabiiyki, kelishuvda futbolchining o‘zi ham keyingi qadamlarni tashlay olishi uchun sotib olish bandini ham kiritdik. Shunday ekan, hozirda biz emas, Timo vaziyatni nazorat qilmoqda.
Shunga qaramay, Verner hali shartnomasidagi bu bandni faollashtirmadi. «Chelsi» klubi ham transfer masalasida bizga murojaat qilgani yo‘q. Shunday ekan, bu haqda hech qanday ma’lumot bera olmayman, Verner – «Leypsig» futbolchisi», - deydi Mintslaff Sky Sports Deutschland’ga bergan intervyusida.
Manbaning qayd etishicha, Vernerning «Chelsi»ga rasman o‘tishi keyingi haftada e’lon qilinadi.



117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *