Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Bonuchchi: «Ronaldu – superatlet. U har tomonlama chempion»

Bonuchchi: «Ronaldu – superatlet. U har tomonlama chempion»

Автор: admin

«Yuventus» klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoadoshi Krishtianu Ronalduning mashg‘ulotlarda qanday sport formada ekanligi haqida gapirib berdi.
«Ronalduni avval qanday sport formasida ko‘rgan bo‘lsam, tanaffusdan keyin ham shunday jismoniy holatida ko‘rdim. Uzoq majburiy tanaffus uning holatiga deyarli ta’sir qilmagan. Chunki u superatlet, katta professional sanaladi. U karantin vaqtida jismoniy holatini qanday saqlab qolganligini menga aytib berdi. Bu hayratlanarli futbolchi. Krishtianu har tomonlama chempion», – deya Bonuchchining so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» klubi A Seriya restarti oldidan mashg‘ulotlarga kirishgan. Chempionat o‘yinlari 20 iyun kunidan davom ettirilishi e’lon qilingandi.



117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *