Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Manchester Yunayted” rejalari o‘zgarmagan. Klubning asosiy transfer maqsadlari ma’lum

“Manchester Yunayted” rejalari o‘zgarmagan. Klubning asosiy transfer maqsadlari ma’lum

Автор: admin

“Manchester Yunayted” koronvirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqirozga qaramasdan yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirib olmoqchi, deya xabar qilmoqda Manchester Evening News.
Manchesterliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher “Borussiya D” vingeri Jeydon Sanchoni sotib olishni istamoqda. Shuningdek, mutaxassis “Birmengem”ning 16 yoshli markaziy yarim himoyachisi Jud Bellingemga ham befrq emas.
Shuningdek, Sulsher pleymeker olib kelinishini xohlayapti. Ta’kidlanishicha, “qizil iblislar” bu borasida “Aston Villa” vakili Jek Grilish va “Bayer” yetakchisi Kay Haverts variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq The Independent “Yunayted” short-listidan Sancho, Grilish, shuningdek, Jo Rodon (“Suonsi”) va Rahim Sterling (“Manchester Siti”) kabi futbolchilar o‘rin olgani haqida xabar qilgandi.
Sancho Bundesliga joriy mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 16 ta assist muallifiga aylandi. Jud esa Chempionshipda 32 o‘yinda qatnashib, to‘rt gol va ikkita samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Grilish Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida 26 o‘yinda 7 gol va 6 ta golli pas ijro etgan bo‘lsa, Bundesligada shuncha o‘yin o‘tkazgan Haverts 11 ta gol urib, 5 bor golga olib kelgan uzatmaga mualliflik qilgan.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *