Goal24.uz » Европа жамоалари » Shevchenko Ukraina milliy jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Shevchenko Ukraina milliy jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Автор: admin

Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko milliy jamoa bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan shartnoma uzaytirilishini ma’lum qildi.
«UAF ijroiya qo‘mitasi Andrey Shevchenko va uning murabbiylar shtabi bilan shartnomani 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirishga ovoz berdi», – deb Pavelkoning so‘zlarini keltiradi Tribuna.com.
Shevchenko Ukraina milliy jamoasini 2016 yildan beri boshqaradi. Uning qo‘l ostida jamoa 2020 yilgi Yevropa chempionatiga va Millatlar Ligasining A bosqichiga yo‘llanma oldi.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *