Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Reshford: «Karantindan yanada kuchli bo‘lib qaytayapmiz»

Reshford: «Karantindan yanada kuchli bo‘lib qaytayapmiz»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford mavsumning davom ettirilishi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘ylaymanki, biz karantindan yanada kuchli bo‘lib qaytayapmiz. Chunki barchamiz mashg‘ulotlarni va o‘yinlarni sog‘inganmiz. Jamoamiz tarkibidagi aksariyat futbolchilar jarohatdan qutilib, safga qaytishdi. Shu jumladan men ham. Maydonga qaytish ishtiyoqi juda kuchli. Maqsadlarimizga yetishish uchun qolgan har bir o‘yinga so‘nggi bahsga tushgandek tayyorlanishimiz kerak. Jarohat olganimgacha faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazayotgandim. O‘sha darajaga chiqib olishim lozim», - deya Markus Reshfordning so‘zlarini keltirmoqda Stretty News. 
Ma’lumot uchun, «MYU» APLning kelayotgan turida 19 iyun kuni Londonda «Tottenhem» mehmoni bo‘ladi.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *