Goal24.uz » Foto lavhalar » G‘alati o‘xshashliklar (Foto)

G‘alati o‘xshashliklar (Foto)

Автор: admin

Taniqli Sports.ru nashri blogeri futbol yulduzlarining soch turmaklari borasida kulguli rasmlarni e’lon qildi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz hazil ma’noasida taqdim etilgan suratlar tagida kichik izoh qoldirishni ham unutmadi.
 
Luka Modrich
 
Xorvatiyalik katta futbolga kirib kelganidan beri juda ko‘p narsalarni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi uylar, mashinalar, hashamatli villalar… Shunday bo‘lsada, uning uzun sochlari o‘zgarishsiz qolmoqda.
 
Zlatan Ibrahimovich
 
Zlatan hech qachon o‘zining burnidan hijolat bo‘lmagan. Aksincha, bu uning “tashrif qog‘ozi” ekanligini aytib barchani kuldirishga urunadi. Shunday bo‘lsada, Ibra Parijga ko‘chib borgach, plastik jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi. Balki bu suratga uning ham ko‘zi tushgach shu qarorga kelgandir? Yana kim biladi deysiz?!
 
Ronaldu
 
To‘g‘ri, Krishning soch turmagi bugungi kunda tamomila o‘zgacha. Shunday bo‘lsada, bu o‘xshashlikni shunday o‘tkazib yubormaslikka qaror qildik.
 
Neymar Junior
 
Neymarning Ronaldudan nima kam joyi bor?
 
David De Xea
 
Ispaniyalik darvozabonni turli hayvonlar bilan qiyoslangan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda to‘lib yotibdi. Shunday bo‘lsada, biz aynan shunisi tanladik. Siz ham ikkita fotoni ham bir suratchi tarixga muxrlagan deb o‘yladingizmi?
 
Luis Suares
 
Ayni damda sayyoramizdagi eng antemuxlisi ko‘p futbolchilardan biri. Luisni Urugvay va Kataloniyadan boshqa joylarda ham hurmat qilishadi deb bo‘lmaydi. Shu sababli, urugvaylik futbolchi bilan kulguli suratlarga bir necha bor ko‘zingiz tushgan bo‘lsa, ajab emas.
 
Mesut O‘zil
 
Germaniyalik yarim himoyachi maydonni ko‘rish borasida tengsiz futbolchi. Buning uchun u o‘z ko‘zlaridan minaddor bo‘lishi lozim.
 
Garet Beyl
 
Nima uchun Beyl Madridga ko‘chib o‘tishi bilan soch turmagini almashtirganini anglab yetdingizmi?

429   
Добавить комментарий
Ваше имя: *