Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Rabyo uchun da’vogar
 
Turinning “Yuventus” jamoais yarim himoyachisi Adriyen Rabyo yozda jamoani tark etishi mumkin.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, fransiyalik futbolchining hizmatlari bilan “Everton” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Shuningdek, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” klublari ham futbolchi bilan muzokara o‘tkazishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.
Avvalroq “Yuventus” yarim himoyachini jamoada olib qolish niyati yo‘q ekanligini rasman e’lon qilgan edi.
“Chelsi”da ko‘tara savdo
 
Londonning “Chelsi” jamoasi yozda bir yo‘la bir nechta futbolchilarini transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” moliyaviy muammolar chog‘ida o‘z futbolchilarini sotib yuborish orqali jon saqlashni niyat qilmoqda. Unga ko‘ra, yozda klubni AlvaroMorata, KurtomZuma, TyemuBakayoko, MishiBatshuayi, MarkosAlonso, Emerson va DavideDzappakostoni transferga qo‘yadi.
London klubining yozdagi asosiy transfer maqsadi Timo Verner bo‘lib turibdi. Shu sababli, klub transfer summasi uchun pul jamg‘arishni boshlab yubordi.
Ruganiga kim da’vogar?
 
Turinning “Yuventus” jamoasi markaziy himoyachisi Daniyel Rugani yozda o‘tishi mumkin bo‘lgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Ruganinig ayni damda qo‘lida “Arsenal”, “Milan” va “Vulverhempton” klublaridan kelib tushgan taklif mavjud.
“Tuttosport” nashri ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi Londonga ko‘chib o‘tishni reja qilmoqda.
Ayni damda, transfermarket portali 25 yoshli himoyachini 12 million yevroga baholamoqda, biroq “Yuventus” uni 20 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Zuma qoladimi?
 
Londonning “Chelsi” jamoasi o‘z himoyachisi Kurt Zuma borasida yakuniy qarorga keldi.
DailyStarnashrining ma’lum qilishicha, Zuma “Chelsi”ning kelajakdagi rejalarida mavjud emas. Shu sababli, futbolchining o‘zi ham tezroq jamoasini almashtirishni istamoqda.
Avvalroq Zuma bilan Londonning boshqa bir jamoasi – “Tottenhem” jiddiy qiziqib qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zumaning agenti mijozi o‘yin amaliyoti taqdim etilmasa boshqa klubga o‘tishga tayyor ekanligini e’lon qilgan edi.
Xames sotiladimi?
 
Madridning “Real” jamoasi kolumbiyalik yarim himoyachining transferi borasida so‘nggi qarorga keldi.
Unga ko‘ra, pandemiya davridagi moliyaviy muammolar sababli “Real” Xames Rodrigesni qo‘yib yuborishga tayyor.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, “qaymoqranglilar” yarim himoyachini 40 million yevoro evaziga ham qo‘yib yuborishga tayyor.
 Xames bilan ayni damda “Napoli” va “Everton” klublari qiziqish bildirmoqda.

246   

Shuningdek tavsiya qiling

29-05-2020, 11:19

Transfer olamidagi yangiliklar

22-05-2020, 03:31

Transfer olamidagi yangiliklar

17-05-2020, 03:37

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *