Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Lionel Messi so‘nggi 12 yillikda 9 ko‘rsatkich bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi

Lionel Messi so‘nggi 12 yillikda 9 ko‘rsatkich bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi

Автор: admin

“Barselona” klubi sardori Lionel Messi 2009-yildan keyingi bir qator statistika bo‘yicha dunyoning tengsiz futbolchisi bo‘lib qolmoqda.
FootballFunnys futbolchi 2009—2020-yillar oralig‘ida qaysi ko‘rsatkichlar borasida eng yaxshi ekani haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra argentinalik futbolchi qo‘yidagi statistikalar yetakchilik qilmoqda:
— Gol;
— Golli uzatma;
— Golli vaziyatlar sodir etish;
— Dribling;
— Jarima zarbasidan urilgan gollar;
— Jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar;
— “Oltin to‘p”;
— “Oltin butsa”;
— FIFA tomonidan taqdim etiladigan “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” sovrini.
Ma’lumot uchun, Messi butun faoliyati mobaynida “Barselona”da to‘p surib keladi. Leo katalonlar bilan o‘n marta Ispaniya chempionati, olti bor mamlakat Kubogi va sakkiz marta Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, futbolchi to‘rt karra Chempionlar Ligasi, uch karradan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati g‘olibi hisoblanadi.
119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *