Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Britaniyalik deputatlar «Nyukasl»ning Saudiya shahzodasiga sotilishiga qarshi bo‘lishmoqda

Britaniyalik deputatlar «Nyukasl»ning Saudiya shahzodasiga sotilishiga qarshi bo‘lishmoqda

Автор: admin

Britaniyalik deputatlar «Nyukasl» xo‘jayinining o‘zgarishiga to‘sqinlik qilishmoqchi. The Telegraph tarqatgan xabarga ko‘ra, parlamentning 16 a’zosi Buyuk Britaniya premyer-ministri Boris Jonsonga murojaatnoma yo‘llab, klubning Saudiya Arabistoni shahzodasi qo‘liga o‘tishiga qarshi ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Siyosatchilar valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning faoliyatiga baho berib, uni 2018 yilda jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirtirganlikda ayblashdi. Bundan tashqari, deputatlar Buyuk Britaniyadan "sport orqali o‘z obro‘sini tiklash" vositasi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka chorlashdi.

Avvalroq «Nyukasl»ning hozirgi xo‘jayini Mayk Eshli o‘z jamoasini Muhammad bin Salmon boshqaruvidagi Saudiya Arabistoni investisiya jamg‘armasiga 300 mln funt sterlingga sotish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgan edi.
Manba: sport24.ru

134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *