Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Kante hali bir qarorga kelmadi

Kante hali bir qarorga kelmadi

Автор: admin

«Chelsi» yarim himoyachisi Ngolo Kante mavsumni davom ettirish borasida hamon bir qarorga kelmadi.

Futbolchi klub bazasiga tashrif buyurib, individual mashqlarni bajarayotgan bo‘lsa-da, u hali jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilmadi.

U o‘zi orqali oila a’zolariga koronavirus yuqib qolishidan qo‘rqmoqda. «Chelsi» esa Kanteni to‘g‘ri tushungan holda uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Jamoa unga hech qanday bosim o‘tkazayotgani yo‘q.

Londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard shundan kelib chiqib Kantesiz o‘yin sxemasini ishlab chiqmoqda.
Manba: sports.ru

106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *