Goal24.uz » Европа жамоалари » Jasur Yaxshiboev mutaxassislarni hayratga solmoqda

Jasur Yaxshiboev mutaxassislarni hayratga solmoqda

Автор: admin

“Pressbol” nashri Belarus chempionatining 11-turi yakunlariga ko‘ra, musobaqaning jng foydali futbolchilari reytingini e’lon qildi. Belarus futboli tahlilchilari hech bir futbolchi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi pog‘onani egallab turgan  o‘zbek legioneri Jasur Yaxshiboevdan o‘zib keta olmayotganini hayrat bilan e’tirof etmoqda.
O‘zbek hujumchisi chempionatning eng yaxshi futbolchilari reytingida peshqadamlik qilmoqda. Mavsum boshlanganidan buyon hech kim unga etolmayapti, - deb yozadi “Pressbol” nashri.

Darhaqiqat, hamyurtimiz o‘zi o‘ynayotgan deyarli har bir uchrashuvda jamoasiga eng ko‘p foyda keltirgan futbolchi bo‘lmoqda. Xususan, 11-turning markaziy uchrashuvida “Energetik-BGU” safarda “Shaxtyor”ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Jasur jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishdan tashqari, to‘purarlar bahsida “Neman” vakili Gegam Kadimyan bilan birga etakchilik qilmoqda. Ular hisobida ettitadan gol bor.

11-turda Jasurning jamoasi darvozasiga gol urgan Vitaliy Lisakovich ham gollari sonini oltitaga etkazib, to‘purar raqobatiga qo‘shildi.
Vitaliy Lisakovich eng yaxshi futbolchilar reytingida kuchli uchlikka kirdi. U ikkinchi o‘rinda qayd etilgan jamoadosh do‘sti  Nikola Antich bilan bir xil natija qayd etgan.

Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchilari reytingi:




278   
Добавить комментарий
Ваше имя: *