Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi «Barselona» bilan yangi shartnomani muhokama qilishga tayyor

Messi «Barselona» bilan yangi shartnomani muhokama qilishga tayyor

Автор: admin

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi kelasi hafta klub bilan yangi shartnomani muhokama qiladi, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining agenti va otasi Xorxe Messi Kataloniya klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi. «Barselona» hujumchiga umumiy qiymati 150 mln yevro bo‘lgan 3 yillik bitim taklif qiladi.
Ma’lumot uchun, Messi bu mavsumda klublar miqyosidagi barcha turnirlarda 31ta o‘yin o‘tkazib, 24ta gol urdi va 16ta golga assistentlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.


120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *