Goal24.uz » Ўзбекистон » PFL yozgi transfer oynasi muddatini o‘zgartirdi

PFL yozgi transfer oynasi muddatini o‘zgartirdi

Автор: admin

Koronavirus pandemiyasi tufayli Superliga taqvimida yuz bergan o‘zgarishlar sababli O‘zbekiston Professional futbol ligasi yozgi transfer oynasi muddatini o‘zgartirdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
«O‘zbekiston professional futbol klublari uchun 2020 yilgi Musobaqalarni o‘tkazish Reglamentida yozgi transfer oynasi 6 - 31 iyul sanalari oralig‘i etib belgilangan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli milliy chempionat uchrashuvlarida qisqa tanaffus yuzaga keldi. Bu esa o‘z navbatida mavsum taqvimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2020 yilgi yozgi transferlar oynasi muddatini avgust oyiga ko‘chirishni eng maqbul variant, deya hisoblaydi. Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi muddati 10-31 avgust sanalari oralig‘iga ko‘chirildi», - deya yoziladi PFL xabarida.
Ma’lumot uchun, uch oylik tanaffusdan keyin Superliga bahslari 13-14-15 iyun kunlari 4-tur o‘yinlari bilan davom ettiriladi.



142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *