Goal24.uz » Европа жамоалари » Gol urish borasida imkoniyatlardan eng ko‘p foydalanayotgan futbolchi kim? Ronaldu emas!

Gol urish borasida imkoniyatlardan eng ko‘p foydalanayotgan futbolchi kim? Ronaldu emas!

Автор: admin

Opta portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Germaniyaning «Fortuna» klubi hujumchisi Rouven Xennings Yevropaning kuchli beshlik chempionati futbolchilari orasida yuzaga kelgan imkoniyatlarni golga aylantirishda peshqadamlik qilmoqda. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum 17 ta golli vaziyatning 13 tasini aniq darvozaga yo‘llay oldi -76,5%.
Ikkinchi o‘rinda esa Fransiyaning «Lion» klubi hujumchisi Mussa Dembele egallab turibdi — 18 ta imkoniyatning 13 tasidan unumli foydalangan (72,2%), uchinchi o‘rin esa «Atalanta» hujumchisi Yosip Ilichich tegishli — 17 imkoniyatdan 12 ta samarali natija (70,6%).
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa ushbu ro‘yxatning yettinchi o‘rinida turibdi - 22 ta vaziyatning 15 tasidan aniq foydalangan (68,2%).

133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *