Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Toni Dann vafot etdi

“Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Toni Dann vafot etdi

Автор: admin

“Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Toni Dann 78 yoshida vafot etdi. Bu haqida ingliz klubi rasmiy saytida xabar berildi. Hozircha o‘lim sababi ma’lum qilinmagan.
Dann “Manchester Yunayted” safida 1960—1973-yillarda to‘p surgan. U “qizil iblislar” tarkibida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, shu yillar mobaynida Angliya birinchi divizioni (1964/1965, 1966/1967-yilgi mavsumlar), Angliya kubogi (1963) va Chempionlar Kubogida (1968) g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Dann “Shelburg”, “Bolton” va “Detroyt Ekspress” klublarida ham faoliyat yuritgan. Irlandiya terma jamoasi safida esa umumiy hisobda 33 ta o‘yin o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APLning 29-turidan keyin 45 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan Angliya chempionat o‘yinlari 17-iyun sanasidan qayta davom ettiriladi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *