Goal24.uz » Жаҳон » Uy qamog‘ida saqlanayotgan Ronaldinyo: Bunday og‘ir kunlarda “Barselona”ning daldasini eshitish muhim

Uy qamog‘ida saqlanayotgan Ronaldinyo: Bunday og‘ir kunlarda “Barselona”ning daldasini eshitish muhim

Автор: admin

“Barselona” sobiq hujumchisi Ronaldinyo Paragvaydagi mehmonxonada uy qamog‘ida saqlanayotgani borasida gapirdi.
“Bizga yaxshi munosabatda bo‘lishyapti, biz xotirjammiz, chunki bu uzundan uzun 60 kun bo‘ldi. Bu yerda mashg‘ulot zali bor, sport bilan shug‘ullanyapmiz.
Uyda o‘tirganlar o‘zi ko‘nikib qolgan ishlarni qila olmaslik qanday bo‘lishini bilib oldi. Qiyin damlar ortda qolgandan so‘ng, bu bizga butun umrlik tajriba bo‘ladi.
“Barselona” doimo men haqimda qayg‘uradi va hurmat qiladi. Sobiq sheriklarim qanday ekanimni yaxshi biladi va men oson bo‘lmagan davrni boshdan kechirayotganimni tushunib turibdi. Bu dovulni tezroq ortda qoldirish uchun ularning qo‘llab-quvvatlashini eshitish muhim edi”, — deydi Ronaldinyo.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *