Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Abramovich Lempardga shart qo‘ydi

Abramovich Lempardga shart qo‘ydi

Автор: admin

"Chelsi" yarim himoyachilari Ngolo Kante va Jorjino transferlar oynasi vaqtida London klubi tarkibini tark etishi mumkin.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, klub rahbari Roman Abramovich jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardga transfer siyosati bo‘yicha o‘z shartlarini qo‘ygan. Unga ko‘ra, "ko‘klar"ning xar bir yangi transferi uchun hozirgi tarkibdan bittadan futbolchi klubni tark etishi kerak bo‘ladi.
Shu sabab, Timo Verner va Kay Xaverts xaridi ortidan Kante va Jorjino o‘ziga yangi klub izlashi kerak bo‘ladi. "Everton" himoyachisi Ben Chiluell transferi uchun esa Markos Alonso yoki Emersonga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.
Oldinroq, "Chelsi" Verner masalasida "RB Leyptsig" bilan 60 million evroli kelishuvga erishgani, Kay Xavertsning transferi uchun londonliklar 85 million evro to‘lashga tayyorligi xabar qilingan edi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *