Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Mayka Richards irqchilik haqida: “Ko‘chada yurganimda ayollar sumkalarini mahkamroq ushlab oladi”

Mayka Richards irqchilik haqida: “Ko‘chada yurganimda ayollar sumkalarini mahkamroq ushlab oladi”

Автор: admin

“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mayka Richards Buyuk Britaniyadagi irqiy kamsitishlar haqida gapirdi.
“Hatto hozir ham, ko‘chada ketayotganimda ayollar sumkasini mahkamroq ushlab oladi, odamlar esa orqaga o‘girilib, menga xuddi kelgindiga qaragandek nazar soladi.
Ochig‘i, bularning barchasini tushuntirish qiyin. Insonlar odatda: ‘Gap irqda emas’, — deydi. Ammo bu tuyg‘uni qalbimizning tubida his etish mumkin.
Mening bir nechta oq tanli do‘stlarim bor va hozir ular men o‘zimni qanday his qilishimni tushunishni boshladi. Ularni ko‘r deyishdan yiroqman, lekin odatiy hayotda ular buni sezmaydi”, — deydi Mayka Richards.
Mayka 2006—2012-yillarda Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. “Manchester Siti” tarkibida esa Angliya kubogi (2011), Angliya Premyer Ligasi (2012) va Angliya Liga Kubogida (2014) g‘olib bo‘lgan.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *