Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Setyen «Real» futbolchisini «Barselona»ga olib o‘tmoqchi

Setyen «Real» futbolchisini «Barselona»ga olib o‘tmoqchi

Автор: admin

"Barselona" maydon markazi uchun yangi futbolchi qidirmoqda. Jamoa raqib o‘yinchisini ham qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.

"Don Balon" tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar Dani Sebalyos bilan shartnoma imzolashmoqchi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumni Londonning "Arsenal" klubida davom ettirmoqda.

Sebalyosni jamoaga jalb qilish tashabbuskori Kike Setyen hisoblanadi. Murabbiy "Betis" safida Dani bilan birga ishlagan. Futbolchi ushbu murabbiy qo‘lostida o‘tkazgan mavsumni faoliyatidagi eng yaxshisi deb hisoblaydi.

"Qirollik klubi" esa Sebalyosni yozda sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Chunki u jamoa bosh murabbiyi Zidanning rejalaridan o‘rin olmadi. Lekin madridliklar uni "Barsa" safiga qo‘yib yuborishlari dargumon.
Manba: ua-football.com

138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *