Goal24.uz » Жаҳон » Dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Messi, Neymar, Ronaldu qani?

Dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Messi, Neymar, Ronaldu qani?

Автор: admin

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Evropaning eng kuchli beshta chempionati – Frantsiya, Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya jamoalarida to‘p surayotgan eng qimmat 100 nafar futbolchining yangi ro‘yxatini e’lon qildi.
Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri tufayli futbolchilarning narxlari tushib ketdi. Eng qizig‘i, Neymar, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar kuchli o‘nlikka kirolmadi.
Tadqiqot markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyoramizning bugungi kundagi eng qimmat futbolchisi mavqeini PSJ hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Garchi uning narxi 6 million evroga pasaygani aniqlangan bo‘lsa-da, etakchilikni o‘zida saqlab qoldi.

“Manchester Siti” vakili Rahim Sterling o‘z faoliyati davomida ilk marotaba dunyoning eng qimmat ikki futbolchisidan biri bo‘ldi.

Evropa grandlari e’tiborida turgan “Borussiya” etakchisi Jeydon Sancho ham yosh bo‘lishiga qaramay, eng qimmat charm to‘p ustalari reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.  

Yangi reytingda eng yuqori pog‘onada joy olgan 10 ta futbolchi bilan tanishing:
  1. Kilian Mbappe, PSJ (259,2 mln evro).
  2. Raxim Sterling, “Manchester Siti” (194).
  3. Jeydon Sancho, “Borussiya” D (179).
  4. Trent Aleksander-Arnold, “Liverpul” (172).
  5. Markus Reshford, “Manchester Yunayted” (152).
  6. Muhammad Saloh, “Liverpul” (144).
  7. Sadio Mane, “Liverpul” (139).
  8. Antuan Grizmann, “Atletiko”(136).
  9. Alfonso Devis, “Bavariya” (133).
  10. Harri Keyn, “Tottenxem” (118).
Yangi reytingda “Barselona” sardori Lionel Messi 21-pog‘onada qayd etilgan va uning bugungi kundagi narxi 100,1 million evroni tashkil qilmoqda. Uning azaliy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu 70-qatordan o‘rin olgan. 35 yoshli to‘purarning transfer narxi 62,8 million evroga teng. Neymar esa 82,7 million evro miqdoridagi summa bilan to‘rtinchi o‘ntalikning o‘rtalaridan joy olgan.



147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *