Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Gvardiola shtabiga Artetaning o‘rniga yangi murabbiy qo‘shildi

Gvardiola shtabiga Artetaning o‘rniga yangi murabbiy qo‘shildi

Автор: admin

Xuan Manuel Lilo «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga assistent bo‘ldi, deb yozadi klub rasmiy sayti.

Xabar qilinishicha, 54 yoshli mutaxassis bilan 1 yillik bitim tuzilgan.
«Manchester Siti» murabbiylar shtabiga qo‘shilganimdan xursandman. Pep bilan bir necha yildan beri tanishmiz. Uning jamoasining bir qismiga aylanishimdan xursandman», – deydi Lilo.
Liloning so‘nggi klubi «Sindao Xuanxay» klubi edi, ammo mutaxassis onasining kasalligi tufayli Xitoydan qaytgandi.
Gvardiola futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi mavsumini Lilo qo‘l ostida Meksikaning «Dorados» jamoasida o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiolaning asosiy yordamchisi sanalgan Mikel Arteta «Arsenal»ga bosh murabbiy etib tayinlangan va uning «shaharliklar» murabbiylar shtabidagi o‘rni ochiq turgandi.


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *