Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Ana xolos! "Liverpul"ni sud qilishmoqda

Ana xolos! "Liverpul"ni sud qilishmoqda

Автор: admin

Winlink sport homiylik agentligi "Liverpul"ni sudga berdi. Agentlikning iddao qilishicha, u BK BetVictor va "Liverpul" o‘rtasida tuzilgan 15 million funt sterling qiymatdagi shartnomada vositachilik qilgan, ammo "qizillar" 1,13 million funt sterling mablag‘ni to‘lamagan. Sud jarayoni 8 iyun kuni boshlandi va besh kun davom etadi.

Winlink advokati Endryu Sutkliffning ta’kidlashicha, kompaniya tomonlarning uchrashuvini tashkil qilgan, unda kelishuv tuzilgan: 2016 yildan 2019 yilgacha mavsumda bukmekerlik kompaniyasining reklamasi jamoaning o‘quv formasiga joylashtirilgan.
Ammo "Liverpul" advokati Robert Andersonning ta’kidlashicha, Winlink muzokaralarda qatnashmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnomani imzolashga tayyorgarlik 2,5 yil davom etgan, uni xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rafaella Valentino boshqargan. U BetVictor ijrochi direktori Andres Mainrad bilan tanish bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, "Arsenal", "Chelsi", "Inter" va "Yuve" bukmekerlar bilan shartnomalar tuzishda shunga o‘xshash yordam olishgan. Klublar vositachilik uchun Winlink agentligiga foiz to‘lashgan.
Manba: sports.ru

108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *