Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Stok Siti» bosh murabbiyida koronavirus aniqlandi

«Stok Siti» bosh murabbiyida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

«Stok Siti» bosh murabbiyi Maykl O'Nil koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Avvalroq mutaxassis koronavirus uchun 5 marta test topshirgan va natijalar salbiy chiqqandi. Bu safar natija ijobiy bo‘ldi. O'Nil o‘zini izolyatsiyaga oldi va murabbiylar shtabi hamda futbolchilar videokonferensiya orqali bog‘lanib turadigan bo‘ldi. Jamoani uning yordamchisi Billi MakKinlay vaqtinchalik boshqarib turibdi. 
Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan Chepmionship 20 iyundan davom ettiriladi. Shu kuni «Stok» safarda «Reding» bilan bellashadi.


100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *