Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Flik «Ayntraxt»ga qarshi Germaniya Kubogi yarimfinalidan oldin fikrlarini bildirdi

Flik «Ayntraxt»ga qarshi Germaniya Kubogi yarimfinalidan oldin fikrlarini bildirdi

Автор: admin

«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Ayntraxt»ga qarshi Germaniya Kubogi yarimfinalidan oldin raqib kuchiga baho berdi.
«Biz ushbu bahsga odatiy o‘yindek munosabatda bo‘lamiz. «Ayntraxt» bilan mavsum davomida uchinchi bor to‘qnash kelyapmiz. Raqib bizga qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, ayniqsa, ular standart vaziyatlarda juda xavfli. Iloji boricha diqqatni jamlashimiz kerak. 
Jamoamiz «Ayntraxt»ning kuchli tomonlarini juda yaxshi biladi. Ammo o‘zimizning ustunliklarimizni ham bilamiz. G‘alaba qozonib, finalga chiqishni istaymiz», – deb Flikning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti. 
Ma’lumot uchun, «Bavariya» – «Ayntraxt» bahsi bugun, 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. Ushbu juftlik g‘olibini finalda «Bayer» kutib turibdi.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *