Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Manchester Siti» 16 yoshli darvozabon uchun kurashda «Barselona» va «MYU»dan ustun keldi

«Manchester Siti» 16 yoshli darvozabon uchun kurashda «Barselona» va «MYU»dan ustun keldi

Автор: admin

«Utrext» darvozaboni Mikki van Sas faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda niderlandiklar matbuot xizmati rasmiy xabar tarqatdi.

16 yoshli posbon uchun kurashda «shaharliklar» «Barselona» va «Manchester Yunayted»dan ustun kelishdi. Kataloniyaliklar ushbu futbolchi uchun muzokaralarlarda jamoa akademiyasi direktori Patrik Klyuyvertni jalb qilishgan edi. Ammo o‘tmishda mashhur futbolchi o‘z vatandoshini Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndira olmadi.

«Biz Mikki bilan ikki xil hissiyotda xayrlashyapmiz. Bir tomondan, o‘ta iqtidorli darvozabon bilan xayrlashayotganimizdan afsusdamiz. Albatta, Mikki bu yerda rivojlanishini va muxlislarni xursand qilishini istardik. Boshqa tomondan, Mikki oldinga qadar tashlash niyati borligini aytdi. Biz esa uning «Manchester Siti»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqyapmiz. Mikkiga Angliyadagi faoliyatida omad tilaymiz», — dedi «Utrext» texnik direktori Jordi Zuidam.

2019/20 yilgi mavsumda Mikki van Sas «Utrexta» U17 safida o‘ynadi. Kelasi mavsumda u «Man Siti» U18 jamoasida o‘ynashi kutilmoqda.
Manba: sport24.ru

96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *