Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Nyukasl» Koutinyo bilan muzokara boshladi

«Nyukasl» Koutinyo bilan muzokara boshladi

Автор: admin

«Nyukasl» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinyo bilan muzokara boshladi.

Lekin ko‘p narsa "qarg‘alar"ning yangi xo‘jayin qo‘liga o‘tishiga bog‘liq bo‘lib turibdi. APL rahbariyati hozirda jamoaning Saudiya Arabistoni investisiya jamg‘armasiga sotilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Buyuk Britaniya deputatlari esa ushbu savdoga qarshi chiqishmoqda.

«Bavariya» esa Koutinyoning transfer huquqini «Barsa»dan sotib olmoqchi emas. «Nyukasl»dan tashqari Filippega «Arsenal», «Tottenxem», «Chelsi», «Everton» va «Inter» klublari tomonidan qiziqishlar borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Koutinyo 2019/20 yilgi mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi. 27 yoshli futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: sport24.ru

111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *