Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Marko Roys operatsiya qilinishi mumkin. U so‘nggi 8 mavsumda 981 kunni jarohatlar sabab o‘tkazib yuborgan

Marko Roys operatsiya qilinishi mumkin. U so‘nggi 8 mavsumda 981 kunni jarohatlar sabab o‘tkazib yuborgan

Автор: admin

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Marko Roys jarohati tufayli jarrohlik amaliyotidan o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Bild.
Manbada aytilishicha, Dortmund klubi dastlab futbolchining jarohati jiddiy emasligini aytgan va qaysidir ma’noda jiddiy shikastlanishni jamoatchilikdan yashirgan. Avvaliga Roysning to‘rt haftani maydon tashqarisida o‘tkazishi aytilgandi, endi esa uning to‘rt oy davomida jamoaga yordam bera olmasligi ma’lum qilindi.
Ta’kidlash joizki, Roys “Borussiya D”dagi 8 yilining 981 kunini jarohatlar tufayli o‘tkazib yuborgan.
Roys 2012-yilda Myunxengladbaxning “Borussiya”sidan 17,1 million yevro evaziga Dortmundga ko‘chib o‘tgandi. Bu mavsumda 31 yoshli hujumchi Germaniya chempionatining 19 uchrashuvida ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *