Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Manchester Yunayted”ning o‘rtoqlik uchrashuvi koronavirus tufayli boshlanishidan bir necha daqiqa oldin bekor qilindi

“Manchester Yunayted”ning o‘rtoqlik uchrashuvi koronavirus tufayli boshlanishidan bir necha daqiqa oldin bekor qilindi

Автор: admin

9-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Manchester Yunayted” va “Stok Siti” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin bekor qilindi, boisi “Stok Siti” bosh murabbiyi Maykl O’Nilda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, deya xabar beradi Goal.
Uchrashuv Karringtondagi “Manchester Yunayted” bazasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Manchester klubi futbolchilari o‘yinoldi mashg‘ulotlarini boshlab yuborgandi, ammo O’Nilda kasallik aniqlangach, ular darhol maydonni tark etgan. “Manchester Yunayted” futbolchilari raqib jamoa o‘yinchilari bilan kontaktda bo‘lmagan, shuning uchun ularning virus yuqtirganlik ehtimoli past.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan Angliya Premyer Ligasi 17-iyundan qayta davom ettiriladi.
29-turdan keyin 45 ochko to‘plagan “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Stok Siti” esa Chempionshipda ishtirok etadi.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *