Goal24.uz » Европа жамоалари » Di Mariyadan Myullergacha. 2019/20-yilgi futbol mavsumining soyadagi yetakchilari haqida

Di Mariyadan Myullergacha. 2019/20-yilgi futbol mavsumining soyadagi yetakchilari haqida

Автор: admin

Mavsum yakunida hisob-kitob qilinsa, birinchi o‘rinda ko‘pchilik, albatta, eng ko‘p gol urgan futbolchilarga e’tibor qaratadi. Mazkur futbolchilarning gol urishi uchun uzatmalar bergan assistentlar esa ko‘pincha kadr ortida qolib ketadi. Axir ularsiz eng yaxshi to‘purarlar ham o‘ntalab gol ura olmasdi-ku, to‘g‘rimi? Shunday ekan, hozir quyida 2019/20-yilgi mavsum kuchli beshlik ligalarida jamoadoshlarining gol urishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bera olgan futbolchilar haqida gap ketadi. Reyting ichki birinchilikdagi golli uzatmalari sonib kelib chiqib tuzilgan.

Anxel di Mariya — 14 ta golli uzatma


Foto: AS
PSJ vingeri joriy mavsum juda yaxshi va samarali mehnat qildi. Di Mariya pandemiya sabab muddatidan avval yakuniga yetgan Liga 1 joriy mavsumida 26 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirishning uddasidan chiqdi. Shuningdek, o‘z hisobiga yettita gol ham yozdirib qo‘ya oldi. Agar mavsum oxirigacha davom ettirilganida, Anxel yana kamida 5-6 ta golli uzatma berishi mumkin edi. “Farishta” haqiqatan ham ajoyib mavsumni o‘tkazdi. U PSJ safida ichki birinchilik doirasida faqat bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Argentinalik jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Futbolchi Liga 1 da mavsum yakunlariga ko‘ra L’Equipe tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoadan ham o‘rin oldi.
Anxel Chempionlar Ligasida ham o‘zini ko‘rsata olmoqda. U amaldagi mavsum Yevropaning eng nufuzli musobaqasida ikkita gol urib, beshta golli uzatma berdi. So‘nggi gap-so‘zlarga qaraganda di Mariyaga vatani — Argentinaga qaytish taklifi bildirilgan. 32 yoshli yulduz bilan o‘zining qadrdon klubi “Rosario Sentral” shartnoma imzolashni xohlamoqda. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Yevropadagi faoliyatiga yakun yasashga shoshilayotgani yo‘q.
Uning PSJ bilan yana bir yillik kelishuvi bor. Katta ehtimol bilan tomonlar uni yana uzaytiradi.

Kristofer Nkunku — 15 ta golli uzatma


Foto: Bundesliga
“Leypsig” muvaffaqiyatga erishish yo‘lida davom etmoqda. Klub bilan birga jamoa futbolchilari ham rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Shulardan biri — Nkunku. Kristofer joriy mavsum Bundesliga doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golli uzatma berishga ulgurdi. Bundan tashqari fransiyalik futbolchi to‘rtta gol ham urgan. Uning eng yaxshi o‘yini esa fevral oyida “Shalke-04”ga qarshi bo‘ldi. Nkunku deyarli yarim soat ichida to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Nkunku sekin-astalik bilan barcha jihatdan o‘sib bormoqda. U ayni damda nafaqat jamoasida, balki Bundesligadagi eng ko‘p vaziyat yaratuvchi futbolchilardan biri hisoblanadi. Fransuzning maydonda bo‘lishi “buqalar”ning boshqa hujumchilariga (masalan, Timo Vernerga) katta bo‘sh hududni taqdim etmoqda. U endigina 22 yoshda. Kristoferning “Leypsig” bilan uzoq muddatli shartnomasi mavjud. Unda top-pleymeyker bo‘lish uchun hamma narsa bor.

Kevin de Bryuyne — 16 ta golli uzatma


Foto: Reuters
Belgiyalik futbolchi joriy yil faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Kevin Premyer Liganing 26 ta o‘yinida o‘z hisobiga 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘ѣishga erishdi. Gol+pas tizimida esa unda 24 ochko mavjud. U APLning 2017/18-yilgi mavsumida bu borada 25 ball to‘plagan edi. Hozir esa bu natijani yangilash va rekord o‘rnatish uchun yetarlicha o‘yin bor. KDBning shaxsiy rekordi 2014/15-yilgi mavsumda “Volsfburg”da ekanligida qayd etilgan. O‘shanda u 20 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Katta ehtimol bilan de Bryuyne ushbu natijasini mavsum so‘ngiga qadar yangilaydi.
Ko‘plab mutaxassislar Kevinga mukammal futbolchi sifatida ta’rif beradi. U o‘zi ham gol uradi, jamoadoshlarining gol urishi uchun ham ko‘plab imkoniyatlar yarata oladi. Zamonaviy “Manchester Siti”ni esa Kevinsiz tasavvur qilish mushkul. Ammo “Siti”ni kelajakda muammolar kutib turgani ham bor gap. Moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilishi ortidan “shaharliklar” Chempionlar Ligasidan ikki yilga chetlatilgan. Agar bu qaror o‘zgartirilmasa, Kevin klubni tark etishi mumkin. Uning o‘zi ham bu borada fikr bildirib o‘tgan. De Bryuynening “Siti” bilan shartnomasi 2023-yil yozida yakuniga yetadi. Uni jamoada olib qolish esa Manchester klubining UEFA “zapret”ini olib tashlash yoki uning aksiga bog‘lib bo‘lib turibdi.
Tomas Myuller Bundesligada Kevin de Bryuynening rekordini takrorladi

Jeydon Sancho — 16 ta golli uzatma


Foto: The Sun
“Borussiya” vingeri joriy mavsum Bundesliga doirasidagi o‘yinlarda shunchaki “uchmoqda”. 20 yoshli Sancho 17 ta gol urib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bularning barchasi uchun unga 28 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumdagi natijasidan ko‘ra ko‘proq gol urib natijasini yangilab bo‘ldi. Jeydon, shubhasiz, Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri.
“Borussiya D” — barcha sovrinlarga da’vogarlik qiladigan, biroq juda ham kam sovrin yutadigan klub. Dortmundliklar deyarli har mavsum “Bavariya”ni taxtdan ag‘darishga yaqin keladi, biroq oxirda ustunlikni Myunxen klubiga berib qo‘yadi. Bunday holat esa ulkan rejalarga boy yigitni xursand qilmasligi aniq. Jeydon baribir ham “Borussiya”ni tark etadi. Ammo savol: qachon? Aynan shu savol hozirda dolzarb bo‘lib turibdi. Futbolchiga esa o‘zi qaytishni istayotgan vatani — Angliyadan “sovchilar” bor.
Jeydon Sancho Bundesliga rekordini yangiladi

Tomas Myuller — 20 ta golli uzatma


Foto: Getty Images
“Bavariya” vakili joriy mavsum kuchli beshlik ligalari doirasida eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchi bo‘lib turibdi. Tomas Bundesliga doirasidagi 30 ta o‘yinda 20 ta golli uzatma berdi. Yettita gol urganini ham qo‘shsak, Myullerning qanday mavsumni o‘tkazayotgani yanada oydinlashadi. O‘zi ham gol urmoqda, biroq jamoadoshlarining ko‘proq (ayniqsa, Levandovskining) gol urishini hammasidan ham ko‘proq xohlamoqda. Futbolchi bu o‘yinlari sabab “Bavariya” bilan yangi shartnoma ham imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Endi u klubda 2023-yil yoziga qadar to‘p tepadi.
Myuller hatto mavsum avvalida, Niko Kovach bosh murabbiy bo‘lgan vaqtlarda ham yomon o‘yin ko‘rsatmayotgandi. Maydonda kamroq ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, har holda jamoadagi eng yaxshilaridan edi. Xabarlarga ko‘ra, shu holat uzoq davom etganda Tomas klubdan ketishi ham mumkin edi. Biroq Kovachning o‘zi Myullerdan oldin ketishga majbur bo‘ldi. Hozir esa yangi murabbiy — Flik bilan ishlari shunchaki a’lo darajada.
243   
Добавить комментарий
Ваше имя: *