Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Kellini faoliyatidagi eng kuchli raqibini aytdi

Kellini faoliyatidagi eng kuchli raqibini aytdi

Автор: admin

«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini faoliyatidagi qaysi raqib uning zaif tomonlaridan to‘g‘ri foydalanganini aytdi.
«Ronaldu bizga qarshi bahslarda ko‘p gollar urgan, ammo Ibrahimovich noqulay edi.
Avvaliga biz jamoadosh edik. Men yosh edim va har doim o‘zimni u bilan solishtirishga harakat qilardim. Hamma joyda unga ergashib, boshqa futbolchilar va murabbiylar oldida kuchimni ko‘rsatishga harakat qilardim.
Mashg‘ulotlarda Ibra bilan birga-bir vaziyatda qolish hurmatga sazovor bo‘lishni anglatadi. Men hech qachon ortga chekinmadim va u bilan bo‘lgan har bir jangdan keyin o‘zimni yanada kuchliroq va ishonchliroq his etdim. Zlatanga qoyil qolaman», – deydi italiyalik futbolchi o‘z avtobiografiyasida.


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *