Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Bugun La liga qayta boshlanadi

Bugun La liga qayta boshlanadi

Автор: admin

Bugun Yevropaning top-5 chempionatlaridan yana biri koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq tanaffusdan keyin qayta boshlanadi. Ispaniyaga katta futbol qaytmoqda.

Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da muxlislar "Sevilya" va "Betis" jamoalari o‘rtasidagi Andalusiya derbisiga guvoh bo‘lishadi. Birinchi davrada "Sevilya" raqib maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

28-tur doirasida "Barselona" o‘z o‘yinini 13 iyun, shanba oqshomida "Malyorka"ga qarshi o‘tkazsa, "Real" yakshanba kuni "Eybar"ni qabul qiladi.

Barcha uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

La liga, 28-tur o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan):

12.06.2020. 01:00. "Sevilya" - "Betis"
12.06.2020. 22:30. "Granada" - "Xetafe"
13.06.2020. 01:00. "Valensiya" - "Levante"
13.06.2020. 17:00. "Espanyol" - "Alaves"
13.06.2020. 20:00. "Selta" - "Vilyarreal"
13.06.2020. 22:30. "Leganes" - "Valyadolid"
14.06.2020. 01:00. "Malyorka" - "Barselona"
14.06.2020. 17:00. "Atletik Bilbao" - "Atletiko"
14.06.2020. 22:30. "Real Madrid" - "Eybar"
15.06.2020. 01:00. "Real Sosyedad" - "Osasuna"

164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *