Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Ayntraxt”ni mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi

Germaniya Kubogi. “Bavariya” “Ayntraxt”ni mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi

Автор: admin

Uchrashuvning 14-daqiqasida Ivan Perishich myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Danni da Koshta frankfurtliklarning chiroyli hujumini gol bilan yakunladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Robert Levandovski yana hisobni mezbonlar foydasiga o‘zgartirdi.
Shu tariqa mazkur g‘alabadan keyin “Bavariya” final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda Myunxen klubi 4-iyul kuni “Bayer” bilan o‘ynaydi. Leverkuzenliklar “Saarbryuken”dan ustun kelgandi (2:0).
Germaniya Kubogi
Yarim final bahsi
10-iyun, chorshanba

“Bavariya” — “Ayntraxt” 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Perishich, 1:1 – 69 da Koshta, 2:1 – 74 Levandovski.
“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Goretska (Martines, 86), Devis, Koman (Alkantara, 61), Perishich (Lyuka Ernandes, 61), Levandovski, Myuller.
“Ayntraxt”: Trapp, Ture (da Koshta, 66), Abraham, Ndika, Chendler, Rode, Ilzanker (Torro, 77), Gachinovich (Kamada, 66), Kor (Dost, 77), Xinteregger, Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Perishich (44), Andre Silva (88), Lyuka Ernandes (90+3), Xinteregger (90+3).
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *