Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Semedu qoidalarni jiddiy ravishda buzdi

Semedu qoidalarni jiddiy ravishda buzdi

Автор: admin

"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu La Liga mavsumiga start berilishidan oldin qoidalarni jiddiy ravishda buzdi.
26 yoshli futbolchi 20 dan ortiq niqobsiz insonlar ishtirokidagi tug‘ilgan kunga tashrif buyurgan, deb xabar bermoqda Diario Sport Cuatro.
Portugaliyalik futbolchi Barselona provintsiyasidagi Kasteldefels shaharida bo‘lib o‘tgan ziyofat ishtirokchilari kabi niqob kiymagan va masofa saqlamagan.
Shu tariqa, Semedu Ispaniya hukumati va La Liga rahbariyatining qoidalarini buzgan. Hukumat 15 dan ortiq insonlar to‘plangan joyga bormaslikka chaqirgan va La Liga bunday vaziyatda, futbolchini o‘zi bilan yashaydiganlar bilan birga karantinga olishini belgilab qo‘ygan.
Kataloniya klubidagi manbaning EFEga ta’kidlashicha, klub Semeduni bunday tadbirda qatnashishini bilmagan. "Barsa" bu masalani klub ichida hal qilmoqchi.
Koronavirus pandemiyasidan so‘ng, La Liga 8 iyun kuni tiklandi va "ko‘k-anorranglilar" 13 iyun kuni "Malorka"ga qarshi bahs olib boradi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *