Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» — «Atletiko» o‘yiniga tomoshabinlar kirishiga ruxsat beriladimi?

«Barselona» — «Atletiko» o‘yiniga tomoshabinlar kirishiga ruxsat beriladimi?

Автор: admin

Ispaniya chempionatining so‘nggi tur o‘yinlariga tomoshabinlarning kirishiga ruxsat berilishi mumkin.

"El Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya hukumati stadionlarga muxlislarning kirishi bilan bog‘liq cheklovni bekor qilish borasida qaror tayyorlamoqda. U 29 iyun sanasidan kuchga kirishi mumkin.

Agar bu reja ro‘yobga chiqsa, 30 iyun sanasidan boshlanadigan La liganing 33-tur bahslariga ishqibozlar kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, stadionning 30 foizi tomoshabinlar bilan to‘lishiga ijozat beriladi. Shu tariqa, 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona» — «Atletiko» bahsiga 30 ming kishi tashrif buyurishi mumkin.

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi va Ispaniya futbol federasiyasi tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, La liganing ushbu mavsumi oxirigacha barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Manba: sportbox.ru

138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *