Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «MYU» «Old Trafford»da yana ochko yo‘qotdi, «Tottenhem» safardan g‘alaba bilan qaytdi

«MYU» «Old Trafford»da yana ochko yo‘qotdi, «Tottenhem» safardan g‘alaba bilan qaytdi

Автор: admin

APL 17-turi doirasidagi yakshanba kungi dastlabki ikki uchrashuvda «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi.
«Old Trafford»da kechgan «MYU» - «Everton» uchrashuvida hisob kutilmaganda mehmonlar tomonidan ochildi. 36-daqiqada jarima maydoniga yetkazilgan to‘p Lindelefga tegib, De Xea darvozasidan o‘rin oldi, 0:1.
Mezbonlar 77-daqiqaga kelib muvozanatni tiklashdi. Zaxiradan maydonga tushgan Grinvud kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda esa hisob boshqa o‘zgarmadi.
Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan «Vulverhempton» - «Tottenhem» uchrashuvida ham tanish ssenariy takrorlandi. Dastlab Moura 8-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 67-daqiqada Traore hisobni tenglashtirishga erishdi.
O‘yin yakunigacha hujumkorlikni tushirmagan Mourino shogirdlari so‘nggi daqiqada Vertongenning goli evaziga safardan g‘alaba bilan qaytishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» 17 o‘yinda qo‘lga kiritilgan 26 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi. Ochko yo‘qotgan «MYU» esa 25 ochko bilan 6-o‘ringa tushdi.
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *