Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » “Yuventus” azaliy raqibining hujumchisini olib qo‘ymoqda

“Yuventus” azaliy raqibining hujumchisini olib qo‘ymoqda

Автор: admin

Polsha terma jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik “Napoli”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.
A Seriya chempionligi uchun kurashayotgan ikki klub o‘zaro muzokara o‘tkazib, muayyan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, turinliklar 26 yoshli hujumchi uchun 50 million evro to‘laydi. “Napoli” pandemiyaning klub iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish uchun etakchi futbolchilarini sotish siyosatini qo‘llamoqda. Shuning uchun ham neapolliklar asosiy raqobatchisining taklifni rad eta olmadi.
2016 yilda “Ayaks”dan “Napoli”ga olib kelingan Milik joriy mavsumda 16 ta o‘yinda to‘qqizta gol urdi.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *