Goal24.uz » Ўзбекистон » Shota Arveladze: Mengacha “Paxtakor” o‘yinlarida stadionga 500—900 tomoshabin kelgan, hozirda esa — 20 ming

Shota Arveladze: Mengacha “Paxtakor” o‘yinlarida stadionga 500—900 tomoshabin kelgan, hozirda esa — 20 ming

Автор: admin

“Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze “Match TV”ga bergan intervyusida toshkentliklar boshqaruviga kelganidan so‘ng muxlislar tashrifi ortganini ta’kiblab o‘tdi.
— Siz “Paxtakor”ga kelganingizdan so‘ng stadionda muxlislar tashrifi oshdimi?
— Haaa. Avvallari 500—900 tomoshabin kelardi, hozirda esa — 20 ming. Chempionlar Ligasida esa o‘ttiz minglik stadion to‘ladi. Yaqinda biz Osiyodagi eng muhtasham stadionlardan biriga ega bo‘lamiz va yanada ko‘proq muxlis yig‘amiz.
“Paxtakor” rahbariyatining futbol bilan yashashi menga yoqadi, ular o‘zgalar fikriga quloq tutadi va murabbiyga qiyin bo‘lgan damlarda yordamga keladi, — deydi Arveladze.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum “sherlar” Superligadagi dastlabki uchta o‘yinni ham o‘z maydonida o‘tkazdi va ularda quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi: “Navbahor” — 15 320 tomoshabin, “Buxoro” — 6734 va “Metallurg” — 5324. OChL—2020 doirasidagi “Shabob al-Ahli”ga qarshi bahsda 10,4 ming va “Shahr Xodro” bilan o‘yinda 19,4 ming tomoshabin tashrif buyurgan.
Superliga 2019-yilgi mavsumida esa “Paxtakor” stadionida tashrif har bir o‘yinda o‘rtacha 7521 nafarni tashkil qilgan.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *