Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Liverpul» «Enfild»da yirik hisobda g‘alabaga erishdi

«Liverpul» «Enfild»da yirik hisobda g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi restarti oldidan «Liverpul» «Enfild Road»da «Blekbern»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. 

Tvitterdagi Watch LFC sahifasida ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Yurgen Klopp shogirdlari Chempionship jamoasi ustidan yirik – 6:0 hisobida zafar quchgan. Mezbonlarning gollariga Sadio Mane, Takumi Minamino, Nabi Keyta, Leyton Klarkson, Joel Matip va Ki-Yana Xuver mualliflik qilishgan.
«Liverpu» pandemiya tufayli to‘xtatib qo‘yilgan APL turnir jadvalida 29-turdan keyin 82 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi «Manchester Siti» esa ulardan 25 ochkoga ortda qolmoqda. «Blekbern» esa Chempionshipda 10-o‘rindan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasi bahslari 17 iyun kunidan davom ettiriladi.


148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *