Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Saloh xayrli ish qildi, jamoadoshi esa uni xasislikda «aybladi»

Saloh xayrli ish qildi, jamoadoshi esa uni xasislikda «aybladi»

Автор: admin

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh xayrli ish qildi.
27 yoshli futbolchi avtomobiliga benzin to‘ldirish uchun yonilg‘i quyish shohobchasiga kelgan va u yerdagi boshqa barcha mijozlarga ham pul to‘lagan. Saloh klub libosida, qo‘lida qo‘lqop va antiseptik bo‘lgan. 
Himoyachi Deyan Lovren jamoadoshining harakatlariga hazil bilan javob qaytardi:
«Bir necha kun oldin Saloh benzin stansiyasida barchaga gaz quydirib berganini eshitdim. Ajoyib ishora. Ammo sen menga biror marta qahva olib bera olasanmi? Odatda sen xasislik qilasan, shuning uchun hayron qoldim. Lekin qilgan ishing yaxshi», – deb Lovrenning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *