Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Shou «MYU»dagi qaysi o‘yinchi «Oltin to‘p»ni yutishi mumkinligini aytdi

Shou «MYU»dagi qaysi o‘yinchi «Oltin to‘p»ni yutishi mumkinligini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou «qizil iblislar» hujumchisi Markus Reshfordning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
«U bu mavsumda to‘xtatib bo‘lmas darajada ko‘rindi. Men oldin bunday Reshfordni ko‘rmagandim. U doim o‘ziga ishonardi, lekin bunchalik emas. U o‘sdi, ulg‘aydi. 
Markus eng yaxshilardan biri bo‘lish uchun qobiliyatga ega ekanligini biladi va maksimal darajada bunga erishishga harakat qiladi. Agar u shunday o‘ynashni davom ettirsa, «Oltin to‘p»ni yutmasligiga sabab ko‘rmayapman», – deya Shouning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli forvard bu mavsumda «MYU» safida barcha turnirlar doirasida 31ta o‘yin o‘tkazib, 19ta gol urdi va 5ta golga hammualliflik qildi.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *