Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Arteta qaysi raqibga qarshi o‘yinni alohida kutayotganligini aytdi

Arteta qaysi raqibga qarshi o‘yinni alohida kutayotganligini aytdi

Автор: admin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti»ga qarshi 29-turning qoldirilgan o‘yin uning uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirdi.
«Futbol qaytishini intizorlik bilan kutayapman. Ayniqsa, «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvimizni o‘zgacha hissiyot bilan kutaman. Sababi bu jamoa ham menga begona emas – sobiq klubim hisoblanadi. To‘rt yil faoliyatim shu yerda o‘tgan. Shu sababli bu raqibga qarshi o‘yin men uchun alohida bahs sanaladi.
Mashg‘ulotlarda turli vaziyatlarni mashq qilayapmiz. Ayniqsa, muxlislarsiz o‘ynashga tezroq ko‘nikishimiz kerak bo‘ladi. Futbolchi uchun eng muhimi uning ruhan sog‘lomligidir. Tomoshabinlar qarshisida to‘p surishga o‘rganganmiz, endi hammasi o‘zgardi. Vaziyatga tezroq moslashishimiz shart. «Manchester Siti» bilan o‘yin biz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», - deydi «Arsenal»ning ispaniyalik bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, APL bahslari uzoq tanaffusdan keyin 17 iyun kuni «Aston Villa» — «Sheffild Yunayted» va «Manchester Siti» — «Arsenal» o‘yinlari bilan davom ettiriladi. «Arsenal» 28 o‘yindan keyin 40 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *